Kuvayt amiri 86 yoshida vafot etdi

Noyabr oyi oxirida amir sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Kuvayt amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etdi, deya ma’lum qildi davlat televideniyesi orqali Amir devoni ishlari vaziri Muhammad Abdulloh al-Muborak as-Saboh.
“Shanba kuni vafot etgan amir Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh uchun motam tutamiz”, — dedi vazir.
Noyabr oyi oxirida amir sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.
Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 1937-yil 25-iyunda Kuvaytda tug‘ilgan. U 1921-1950 yillardagi Kuvayt hukmdori shayx Ahmad al-Jobir as-Saboh avlodi.
U Kuvayt taxtini 2020-yil sentabridan beri, o‘gay akasi Saboh IV vafotidan keyin egallab kelgan. Amaldagi amir vafotidan keyin uning ukasi, 83 yoshli valiahd shahzoda Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh hokimiyatni meros qilib olishi kerak.
Kuvayt konstitutsiyasiga ko‘ra, taxt vorisi hukmdor vafotidan so‘ng avtomatik tarzda amir bo‘ladi, biroq parlament – ​​Milliy assambleya oldida qasamod qilganidan keyin unga to‘liq vakolat beriladi.