Yaponiya O‘zbekiston tashkilotlariga qarshi sanksiya kiritdi

Yaponiya Rossiya, BAA, Armaniston, Suriya va O‘zbekiston tashkilotlariga qarshi sanksiyalar kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek – Sputnik. Yaponiya O‘zbekiston, Suriya va Rossiyaning 60 tadan ortiq tashkilotiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi, deb xabar qildi kunchiqar mamlakati Iqtisodiyot vazirligi. RIA Novosti xabariga asosan.

Sanksiyalar Rossiya eksport salohiyatini cheklashga qaratilgan bo‘lib, ro‘yxatga Rossiyaning 57 ta kompaniyasi, Suriyaning bitta va O‘zbekistonning 2 ta korxonasi bor. Cheklovlar dekabr oxirida kuchga kiradi.

Cheklov kiritilgan kompaniyalar qatorida Rossiyaning Ural fuqaro aviatsiyasi zavodi, Bransk avtomobil zavodi, "Burevestnik" markaziy ilmiy-tadqiqot instituti, maxsus konstruktorlik burosi, Qozon kukuni zavodi, kimyo va mexanika markaziy ilmiy-tadqiqot instituti, Rostov radioaloqa ilmiy tadqiqot instituti, 150-aviatsiya ta’mirlash zavodi, 810-aviatsiya ta’mirlash zavodi, Arzamas nomidagi priborsozlik zavodi va boshqalar bor.
Qora ro‘yxatda O‘zbekistonning "Alpha Beta Creative Industries LLC" va "GFK Logistic Asia LLC", Suriyaning esa "I Jet Global DMCC" kompaniyalari bor.