O‘zbekiston va YeOII

YeIK vakillari kooperatsiyani moliyaviy qo‘llashning yangi mexanizmi haqida ma’lumot berdi

Komissiya vakillari YeOII mamlakatlarida yengil sanoatni rivojlantirish bo‘yicha konstruktiv hamkorlikka yo‘naltirilgan loyihalarning potensial ishtirokchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi vakillari yengil sanoat vakillariga kooperatsiyani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi haqida gapirib berdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining sanoat bloki vakillari “Soyuzlegprom” AJ (Rossiya Federatsiyasi) boshqaruvining yillik yig‘ilishida ishtirok etib, yengil sanoatda qo‘shma kooperatsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
“Joriy yilda Ittifoq mamlakatlari hukumat rahbarlari sanoat sohasida, shu jumladan, yengil sanoatda qo‘shma kooperatsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Komissiya budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan birinchi marta moliyalashtirish mexanizmini nazarda tutuvchi hujjatni tasdiqladilar”, - dedi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi sanoat siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Georgiy Arzumanyan.
Yig‘ilish ishtirokchilari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlikka moliyaviy yordam ko‘rsatishning tasdiqlangan mexanizmi yangi loyihalarni boshlash va ishga tushirish uchun yangi imkoniyatlar yaratayotganini ta’kidladilar.
Komissiya vakillari, o‘z navbatida, YeOII mamlakatlarida yengil sanoatni rivojlantirish bo‘yicha konstruktiv hamkorlikka yo‘naltirilgan loyihalarning potensial ishtirokchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.