Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Zaporojye yo‘nalishida yo‘qotishlarga duch kelmoqda

Ukraina Qurolli kuchlari 45 nafar harbiy xizmatchini yo‘qotdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Zaporojye yo‘nalishidagi rus qo‘shinlari Rabotino hududida Ukraina Qurolli kuchlariga qarata o‘t ochdi, Kiyev 45 nafargacha harbiy xizmatchini yo‘qotdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

"Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari artilleriya yordamida Zaporojye viloyati Rabotino aholi punkti yaqinida 33-va 65-mexanizatsiyalashgan brigadalarning jonli kuchi va texnikasiga qarata o‘t ochdi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Ushbu yo‘nalishda dushmanning kunlik yo‘qotishlari 45 nafargacha harbiy xizmatchi va ikkita avtomobilni tashkil etdi.
Rossiyaning Ka-52M vertolotlari maxsus harbiy operatsiya zonasida muvaffaqiyatli ishlamoqda