DNKli kiyim va dron purkagich — O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatidagi innovatsiyalar

Toshkentda to‘qimachilik sohasi xodimlari respublika paxtachilik tarmog‘i ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikka qanday ta’sir qilishini muhokama qilishdi, shuningdek, kiyim-kechak va texnologiya sohasidagi qiziqarli ishlanmalarni taqdim etishdi.
Sputnik
O‘zbekiston poytaxtida 2022-yil noyabr oyida respublikada boshlangan “Better Cotton Uzbekistan” xalqaro dasturining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uning maqsadi paxtachilikni barqaror rivojlantirishdir.
“Hozirda bitta klaster faol litsenziyaga ega bo‘lib, u paxta mahsulotlarini “Better Sotton ishlab chiqarilgan” yorlig‘i ostida sotish huquqini beradi. Bu yil O‘zbekistonning oltita klasteri litsenziya olish uchun ariza topshirmoqda”, — dedi dastur menejeri Yekaterina Gorbunova.
Yig‘ilish doirasida to‘qimachilik sohasidagi innovatsiyalar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Taqdim etilgan yangi mahsulotlar orasida Humoun avtonom innovatsion robotli uchuvchisiz samolyot tizimi, DNK markerli kiyimlar, paxta-zig‘ir trikotaj kiyimlari, shuningdek, organik paxta matolari bor.

Qadriga yetilmagan paxta

Yaqinda O‘zbekistonda nemis DNA-markerini kiyim-kechaklarga tola darajasida joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi ishga tushirildi.
“Har bir hamkorimiz tolaning kelib chiqishi – paxta xomashosining qanday qilib tolaga, so‘ngra ip, zig‘irga aylanishi, bo‘yash bosqichlari va tayyor mahsulotlarni tikish jarayonlarini kuzatishi mumkin. Shuningdek, bu mahsulot yaxshi paxtadan ishlab chiqarilganini ham tushunish uchun, – dedi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov.
Paxta dalasidan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan butun yo‘lni kuzatish uchun maxsus shtrix-kodni skanerlash kifoya.
Markerdan foydalanish texnologiyasi shundan iboratki, paxta ekstraktidan ma’lum bir DNK ketma-ketligi ajratiladi, keyinchalik u to‘qimachilik tolalariga sintezlanadi.
Ushbu DNK markerlari ko‘rinmas va atrof-muhit ta’siriga chidamli. Dastlab, global brendlar o‘z mahsulotlarini soxta narsalardan himoya qilishdi. Biroq, bugungi kunda bu usul butun dunyo bo‘ylab to‘qimachilik kompaniyalari tomonidan qo‘llaniladi.
Bu jarayon qimmatga tushadi – O‘zbekistonda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi YeIK ko‘magida pilot loyiha amalga oshirildi. Ilhom Haydarov ham Assotsiatsiyaning yangi tashabbusiga to‘xtaldi.
“Gap ijtimoiy mas’uliyatli paxta to‘qimachilik haqida ketmoqda. Bizning fikrimizcha, paxta mahsulotlari juda past baholanadi”, — deya tushuntiradi u. — Siz shuni tushunishingiz kerakki, paxta yetishtiruvchi fermerlar ham, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar ham katta mehnat qiladi va bunga munosib baho berish kerak. Paxta mahsulotlari bozorda adolatli bo‘lishi uchun biz ushbu tashabbusni xalqaro miqyosda qo‘ymoqchimiz”.
Bir yildan sal ko‘proq vaqt oldin O‘zbekistonda ilk bor paxta-zig‘ir trikotaj buyumlari – 30% zig‘ir va 70% paxta ishlab chiqarila boshlandi. Bu haqda “Navbahor tekstil ” tikuvchilik fabrikalari koordinatori Murod Avganov gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday trikotaj buyumlar ekologik toza va bardoshli. Assortimentga pijamalar, futbolkalar, xudilar va svitshotlar kiradi. Mahsulotlar asosan, jumladan, Rossiyaga eksport qilinadi. Ishlab chiqarish ko‘proq mehnat talab qiladi va shuning uchun ham ko‘proq xarajat qiladi, deya qo‘shimcha qildi Avganov.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mashhur yapon brendi bilan hamkorlikda organik paxtadan mahsulot ishlab chiqarish loyihasini ishlab chiqmoqda.

“O‘zbekiston organik paxta yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan va tegishli sertifikat olgan kam sonli davlatlardan biri. Ayniqsa, bu g‘o‘zaning o‘ziga xos jihati shundaki, unga kimoviy moddalar qo‘llanilmaydi, faqat bioo‘g‘itlar qo‘llaniladi”, — deydi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati rahbari Shahzoda Qo‘chqorova.

Bunday mahsulotlar uch baravar qimmat turadi, dedi u. Bugungi kunda loyiha doirasida Yaponiyaga eksport qilinmoqda. Ayni paytda boshqa davlatlar, jumladan, Rossiyadan ham talab katta.

Avtomobil dvigateli bilan ishlaydigan dron

Ko‘rgazmaning eng ta’sirli eksponatlaridan biri "Humoun" avtonom innovatsion robotli uchuvchisiz havo kemalari tizimi bo‘ldi. Dron dalalar, bog‘lar va o‘rmonlarni havoda kimoviy ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Qurilma logistika va o‘t o‘chirishda ham qo‘llanilishi mumkin.
“Mind As Engine” ishlab chiqish kompaniyasi bosh direktori Timur Rasulmuhamedovning so‘zlariga ko‘ra, dron dalalarni samolyot va vertolotlarda ishlov berishga yaxshi muqobil bo‘lishi mumkin.
“Gap shundaki, samolyotlar uchish-qo‘nish yo‘lagiga muhtoj, har bir fermerda ham bunday imkoniyat bo‘lavermaydi. Bundan tashqari, aviatsiya tungi operatsiyalarda cheklovlarga ega. Dron dasturida bu kabi masalalar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida hal etiladi. Bu dronni dalaga qo‘ndirib, yonilg‘i quyish va yana uchirsa bo‘ladi”, — dedi Timur Rasulmuhamedov Sputnik muxbiriga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dronning muayan cheklovlari bor, lekin ular asosan ob-havo sharoitlariga (masalan, kuchli shamol) bog‘liq. Biroq xuddi shunday cheklovlar fuqaro aviatsiyasiga ham tegishli, deya qo‘shimcha qiladi Timur Rasulmuhamedov. Ishlab chiquvchilar qurilma narxini konfiguratsiya va xizmatlarga qarab 150-200 ming dollar va undan ko‘proqqa baholamoqda.
“Bizda dronlarni ijaraga oladigan, sotilganlariga texnik xizmat ko‘rsatadigan va ekipajlarni o‘rgatuvchi servis kompaniyasi tashkil etish rejalarimiz bor”, — dedi ko‘rgazma ishtirokchisi.
Dronning birinchi ko‘rgazmali parvozi allaqachon Buxorodagi paxta klasterida amalga oshirilib, uning barcha imkoniyatlari namoyish etilgan. Qurilmaning og‘irligi 690 kg gacha va 200 kg gacha foydali yukni qabul qila oladi. Qolaversa, 10 soatda 500 gektargacha yerga ishlov berishga qodir.
"Ammo bu qurilma shu vaqt davomida uzluksiz ishlaydi, degani emas. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, unga har yarim soatda yonilg‘i quyish kerak bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qiladi Timur Rasulmuhamedov.
Dron avtomobil dvigatelida ishlaydi. Ushbu misolda "Lada" dvigateli mavjud, ammo ishlab chiquvchilar "UZ Daewoo" dvigatellarini o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Hozirda O‘zbekistonda bitta ish prototipi mavjud, biroq kompaniya mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda.
“Biz O‘zbekistonda qanday aniq ehtiyot qismlar ishlab chiqarilishi va qaysilarini chetdan olib kelish kerakligini tushunishimiz kerak. Masalan, elektronika, ehtimol, Xitoy bo‘ladi. Bu yerda vintlar va mexaniklarni yig‘ishni istardik”, – deydi Timur Rasulmuhamedov. — "Biz kelasi yilning bahor-yoz oylarida qurilmalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni kutmoqdamiz; biz yiliga 50 ta mashinadan boshlashni xohlaymiz."