“Afrosiyob” manziliga yetkazgan yo‘lovchilar soni 7 mln kishiga yetdi

O‘tgan 12-yil mobaynida “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida tashilgan yo‘lovchilar soni 7 million nafarga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. “Afrosiyob” poyezdlari 7 million yo‘lovchi tashish darajasiga yetdi, deya xabar berdi “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati.
“Toshkent – Markaziy” temir yo‘l vokzalida "Afrosiyob" poyezdlarida 7 millioninchi yo‘lovchi kutib olindi.
Qayd etilishicha, o‘tgan 12-yil mobaynida “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida tashilgan yo‘lovchilar soni 7 million nafarga yetdi.
“Afrosiyob” poyezdlari 7 mln yo‘lovchi tashish darajasiga yetdi

“Toshkent-markaziy temir yo‘l vokzalida “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishida harakatini amalga oshirgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdida yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tayyorlangan “7 millionchi yo‘lovchi” esdalik sovg‘alari topshirildi”, — deyiladi xabarda.

Mamlakatga 2011-yil ilk bor Ispaniya davlatida ishlab chiqarilgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi 2 ta “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari olib kelingan edi. O‘tgan o‘n ikki yil mobaynida bunday poyezdlar soni 6 taga yetdi.
“Afrosiyob” poyezdlari 7 mln yo‘lovchi tashish darajasiga yetdi
Hozirgi kunda mazkur poyezdlar “Toshkent – Samarqand – Toshkent”, “Toshkent – Buxoro – Toshkent” hamda “Toshkent – Qarshi – Toshkent” yo‘nalishlarida muntazam qatnov amalga oshirilmoqda. Ularda har kuni 3 ming nafar yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazilmoqda.