Zelenskiy AQSh Ukrainaga yordam berishni to‘xtatib qo‘yishidan vahimada — OAV

Sky News: Zelenskiy AQShning Ukrainaga yordamini to‘xtatish tahdididan vahimaga tushdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning Kiyevga yordamini to‘xtatish tahdidi tufayli vahimaga tushib qolgan. Bu haqda RIA Novosti "Sky News" nashriga tayanib xabar berdi.

"AQSh Ukrainani moliyalashtirishni butunlay to‘xtatishiga sanoqli kunlar qoldi. Zelenskiy vahima ichida. Putin buni kuzatib turibdi", — deyiladi xabarda.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, ukrainalik siyosatchi aynan moliyaviy yordamdan mahrum bo‘lish qo‘rquvi tufayli shaxsan Vashingtonga uchib ketgan. Ukraina jang maydonidagi muvaffaqiyatsizliklar, uni kengaytirish uchun aniq dalillar yo‘qligi va Isroildagi urush tufayli yordamsiz qolishi mumkin, deydi kuzatuvchilar.
Zelenskiy seshanba kuni Oq uyga tashrif buyurib, senatorlar va AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri bilan uchrashadi. Kongress esa ma’muriyatning Kiyevga yangi yordam so‘rovini ma’qullamadi va uni Yangi yilgacha ko‘rib chiqmasligi mumkin.
Oq uyning qo‘shimcha 60 milliard so‘rovi respublikachilar tomonidan bloklangan.
Oq uy Ukrainaga pul ajratish uchun Kongressga juda muhtoj ekanligini ma’lum qildi