TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Ukraina hukumati Ukraina Qurolli kuchlarining ahvolini va harbiylarning katta yo‘qotishlarini e’tiborsiz qoldirmoqda. Bu haqda Ukraina armiyasining iste’fodagi generali Sergey Krivonos "Pramoy" telekanali efirida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ko‘p qon to‘kilganidan keyin anglash paydo bo‘ladi. Frontda mamlakatdagi vaziyatdan norozilik kuchaymoqda.<…> Hukumat qabristonlarda yetarli joy yo‘qligini, butun dalalar qabrlar bilan qoplanganini tushunmayapti”, — dedi u.
Krivonosning qo‘shimcha qilishicha, askarlar frontda jang qilayotgan bir paytda Kiyevda hayot hech narsa bo‘lmagandek davom etmoqda, hukumat askarlarga hech qanday yordam bermayapti.
Misol tariqasida u chang‘i sportini sevuvchilar uchun Karpatda poyezdning ishga tushirilishi haqidagi xabarni keltirdi.
"Bu ularning (harbiylar) g‘azabini qo‘zg‘atadi. Rasmiylar keskin javob qaytarishi mumkin bo‘lgan yo‘lbarsning jig‘iga tegmoqda", — deya xulosa qildi u.