Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Zaporojye yo‘nalishida Ukraina armiyasining hujumini qaytardi

Mudofaa vazirligi: Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojye yo‘nalishida 70 nafargacha ukrainalik harbiyni yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Zaporojye yo‘nalishidagi rus qo‘shinlari Novoselovka hududida Ukraina Qurolli kuchlarining hujumini qaytardi, Kiyev 70 nafarga yaqin harbiy xizmatchisini yo‘qotdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

“Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari havo hujumlari va artilleriya ko‘magida Ukraina Milliy gvardiyasining 14-brigadasining hujum guruhlari hujumini qaytardi va Zaporojye viloyati Novoselovka aholi punkti hududida 80-havo hujumi brigadasiga qarata o‘t ochdi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, dushmanning umumiy yo‘qotishlari 70 nafargacha harbiy xizmatchi va 3 ta texnikani tashkil qildi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya bir kun ichida 24 ta Ukraina dronini urib tushirdi