TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Rossiya hukumati qattiq bug‘doy eksportini vaqtincha taqiqladi. Bu haqida RIA Novosti mamlakat Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
"Rossiya mamlakatdan qattiq bug‘doy eksportiga vaqtinchalik cheklov joriy qilmoqda. Bu haqda buyruq imzolangan", — deyiladi xabarda.
Cheklov 2024-yil 31-maygacha amal qiladi. Aytilishicha, ushbu chora oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda qattiq bug‘doy mahsulotlari narxlari bilan bog‘liq barqaror vaziyatni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Hujjat bir qator istisnolarni nazarda tutadi. Taqiq quyidagilarga ta’sir qilmaydi:
insonparvarlik yordami uchun va xalqaro hukumatlararo kelishuvlar doirasida qattiq bug‘doy eksporti;
Abxaziya va Janubiy Osetiyaga don eksporti;
ta’minot sifatida eksport qilinadi.
Bundan tashqari, qattiq bug‘doy Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari – Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga ma’lum kvotalar bo‘yicha va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda yetkazib berilishi mumkin.