TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish chorasi jarima bilan almashtirilishi mumkin, deya xabar berdi "Interfaks"
Qayd etilishicha, Davlat Dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik bo‘yicha qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasidan deportatsiya qilish tarzidagi jazoni ijro etishning o‘ziga xos xususiyatlariga oid tuzatishlarni ma’qulladi.
O‘zgartirishlar ko‘ra, sudya xorijliklarning soliqlarni to‘lagani, uy-joyi mavjudligi, qonunga bo‘ysunishi, uning oilaviy ahvoli, Rossiyadagi faoliyat turi va boshqa holatlarni inobatga olgan holda chiqarib yuborish chorasini jarima bilan almashtirishi mumkin.
Bunda 40 mingdan 50 ming rublgacha jarima yoki 150 dan 200 soatgacha majburiy ish ko‘rinishida jazo tayinlanishi mumkin.
O‘zgartirishlar Rossiya hukumati tomonidan 2017-yilda kiritilgan 306915-7-sonli qonun loyihasining ikkinchi o‘qishi doirasida ma’qullangan.