Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari Putin shartlarida bo‘lib o‘tadi — ekspert

Ekspert Dor: Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari Putin shartlariga ko‘ra bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Ukrainadagi mojaroga barham berish bo‘yicha tinchlik muzokaralari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shartlariga ko‘ra o‘tkaziladi. Bu haqida siyosiy sharhlovchi Jimmi Dor ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ukraina hech qachon bu urushda Rossiyani mag‘lub eta olmaydi, unga qancha milliard dollar yuborsangiz ham. Urushda ukrainlar mag‘lub bo‘ldi, endi ular tinchlik kelishuviga rozi bo‘lishlari kerak. Va topingchi, shartlarni kim aniqlaydi? Shartlarni Vladimir Putin belgilab beradi”, — dedi u.
Ekspert, shuningdek, G‘arb siyosatchilari uni necha marta shunday deb atamasin, Ukraina hech qachon demokratik davlat bo‘lmaganini, chunki Kiyevdagi hukumat mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyga qarshi chiqqan har qanday odamni repressiya qilishini ta’kidladi.