Toshkent Hayvonot bog‘ida yoz oyidanoq qishga tayyorgarlik ko‘rish boshlanadi. Sovuq tushishi bilan jonivorlarning kun tartibi, turar joyi o‘zgaradi.
O‘zbekistonda qattiq sovuq kamdan-kam bo‘lishiga qaramay, Toshkent hayvonot bog‘i ob-havoning har qanday injiqliklariga tayyor turadi.
Toshkent hayvonot bog‘i markazlashgan isitish tizimiga ulanmagan. Uning alohida isitish tizimi bor va undan kerakli vaqtda foydalaniladi.