Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya bir kun ichida 24 ta Ukraina dronini urib tushirdi

Mudofaa vazirligi: Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bir kun ichida 24 ta Ukraina dronini urib tushirdi.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari so‘nggi 24 soat ichida 24 ta Ukraina dronini urib tushirdi. Bu haqida RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
“Havo hujumidan mudofaa tizimlari Lugansk Xalq Respublikasining Svatovo, Lisichansk, Donesk Xalq Respublikasining Shevchenko, Zaporojye viloyatining Nesteranka, Rovnoe, Xerson viloyatidagi Aloshki va Korsunka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 24 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Hammasi bo‘lib maxsus operatsiya boshlanganidan beri Ukrainaning 550 ta harbiy samolyoti, 257 ta vertolot, 9 632 ta uchuvchisiz uchish apparati, 442 ta zenit-raketa tizimi, 13 979 ta tank va boshqa zirhli jangovar transport vositalari, 1188 ta ko‘p sonli raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 7297 dala artilleriyasi va minomotlari, shuningdek, 16192 dona maxsus harbiy texnika yo‘q qilindi.