“Biz avvaliga aralashmadik, qandaydir tarzda o‘z-o‘zidan tinchlanadi deb o‘ylagandik. Yo‘q. Keyin biz odamlarga yordam berishni boshlashga majbur bo‘ldik ... Biz Minsk kelishuvlarini tuzdik. Ular: “Biz ularni bajarishga tayyormiz”, deyishdi. Buning uchun harakat qildik. Ular buni yana omma oldida aytishdi. Germaniyaning sobiq kansleri ham, Fransiyaning sobiq prezidenti ham aytdi: “biz uni bajarish haqida o‘ylamagan edik, faqat Ukrainani jangovar harakatlarga tayyorlash uchun imzolaganmiz. Va Rossiyani chetga surish, uni zaiflashtirishga urinish. Va oxir-oqibat uni yo‘q qilish. "Ular hech narsa qila olmaydilar. Hech qachon", — dedi Putin Kremlda Rossiya Qahramonlari bilan suhbat chog‘ida.
"Butunlay aqldan ozishdi. Juda, sodda qilib aytganda, xalq tilida: butunlay aqldan ozgan", dedi u.