TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Falastinning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bajarilmagani BMT Xavfsizlik Kengashining nufuziga putur yetkazdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish yakshanba kuni Qatardagi Doha forumi ochilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xavfsizlik Kengashining nufuzi va ishonchi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyani bajarmaganliklari tufayli pasayib ketdi. Gumanitar sulh o‘rnatilmagan, ammo bu chaqiriqlarni kamroq talab qilmaydi. Va men taslim bo‘lmayman va o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirishda davom etaman”, — dedi u.
Guterrish ta’kidlaganidek, "ikki oylik harbiy amaliyotlarda tinch aholi qurbonlari soni mutlaqo misli ko‘rilmagan". Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy amaliyotlardan tashqari, ularga gumanitar falokat va kasallik epidemiyasi tahdid solmoqda.