TOShKENT, 10 dek — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning siyosati Rossiya bilan yadroviy qarama-qarshilikni keltirib chiqarmoqda. Bu haqida AQSh armiyasining sobiq razvedkachisi Skott Ritter X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Bayden Rossiya va NATO o‘rtasidagi mojaro tufayli qo‘zg‘atilgan AQSh va Rossiya o‘rtasidagi yadroviy qarama-qarshilikka olib boradigan yo‘lda ekanligini aniq aytdi", — dedi Ritter.
Sobiq razvedkachi, shuningdek, Yevropa Donald Trampning 2024-yilda qayta saylanishidan qo‘rqayotganini, chunki u NATOni tarqatib yuborishi mumkinligini ta’kidladi.
Ammo "Amerikaning o‘zini o‘zi saqlab qolishi" — Trampning prezidentlikka qaytishini talab qiladi, deya xulosa qildi Ritter.