Volodin “Rossiya segodnya”ni yubileyi bilan tabrikladi

Volodin media-guruh jamoasiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin “Rossiya segodnya” jamoasi va uning bosh direktori Dmitriy Kiselovni media-guruhning 10-yilligi munosabati bilan tabrikladi.
“Rossiya segodnya” mamlakatimizda va undan tashqarida sodir bo‘layotgan voqealarni xolisona yoritadi. Yangi formatlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda axborot jurnalistikasining eng yaxshi standartlariga asoslanib, ommaviy axborot vositalarining rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda”, — deyiladi Davlat dumasi spikerining tabrik telegrammasida.
Volodin media-guruh jamoasiga muvaffaqiyatlar tilab, ular “yuqori professionalligi, ishga ijodiy va mas’uliyatli yondashuvi bilan ajralib turishini” ta’kidladi.
“Rossiya segodnya” xalqaro media-guruhi rus tilidagi axborot resurslarini birlashtiradi: RIA Novosti, PRAYM, InoSMI, Baltnews, Ukraina.ru, Sotsialniy navigator, KOT va Arctic.ru. Xorijda uni Sputnik xalqaro axborot agentligi va radiosi taqdim etadi.
Media-guruhning asosiy mahsulotlaridan biri bu rus, ingliz, xitoy, ispan, arab va fors tillarida axborot lentasi hisoblanadi. “Rossiya segodnya” xalqaro auditoriya, biznes hamjamiyat, davlat idoralari va keng doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan yirik rus axborot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisi.