Patrushev “Rossiya segodnya” media-guruhini 10-yilligi bilan tabrikladi

Patrushevning ta’kidlashicha, “muvofiqlashtirilgan ish, malaka, qat’iy fuqarolik pozitsiyasi va jurnalist etikasiga sodiqlik” media-guruhning mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orasida yetakchi o‘rinni egallashini ta’minlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev “Rossiya segodnya” xodimlarini va uning bosh direktori Dmitriy Kiselovni media-guruhning 10-yilligi bilan tabrikladi.
Patrushevning ta’kidlashicha, “muvofiqlashtirilgan ish, malaka, qat’iy fuqarolik pozitsiyasi va jurnalist etikasiga sodiqlik” media-guruhning mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orasida yetakchi o‘rinni egallashini ta’minlaydi.
“Tanlagan ishingizga halol, fidokorona xizmat qilganingiz tufayli siz milliy va xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha keng auditoriyani samarali xabardor qila olasiz, jahon axborot makonida Rossiya manfaatlarini himoya qilasiz, shuningdek, mamlakatda va dunyoda ro‘y berayotgan muhim voqealarni tezkor va to‘g‘ri yoritib bera olasiz. Sizga yangi ijodiy muvaffaqiyatlar, bitmas-tuganmas kuch va eng yaxshi tilaklarimni tilayman!” – deya ta’kidladi Xavfsizlik kengashi kotibi.
“Rossiya segodnya” xalqaro media-guruhi rus tilidagi axborot resurslarini birlashtiradi: RIA Novosti, PRAYM, InoSMI, Baltnews, Ukraina.ru, Sotsialniy navigator, KOT va Arctic.ru. Xorijda uni Sputnik xalqaro axborot agentligi va radiosi taqdim etadi.
Media-guruhning asosiy mahsulotlaridan biri bu rus, ingliz, xitoy, ispan, arab va fors tillarida axborot lentasi hisoblanadi. “Rossiya segodnya” xalqaro auditoriya, biznes hamjamiyat, davlat idoralari va keng doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan yirik rus axborot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisi.