Lavrov “Rossiya segodnya”ni yubiley bilan tabrikladi

Vazir, ayniqsa, xorijda Rossiya ommaviy axborot vositalariga misli ko‘rilmagan bosim davrida “Rossiya segodnya” jamoasi “to‘g‘ri jurnalistikaning yuqori professional standartlariga javob berishda davom etayotganini” alohida ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Rossiya segodnya” jamoasi va uning bosh direktori Dmitriy Kiselovni media-guruhning 10-yilligi bilan tabrikladi.
“Media-guruh haqli ravishda mahalliy ommaviy axborot vositalari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. U 30 tilda keng turdagi yangiliklarni chiqarib va 100 dan ortiq xorijiy hamkorlar bilan faol hamkorlik qilib, mamlakatimizni xalqaro maydonda munosib tarzda namoyon etmoqda”, — deyiladi Lavrovning tabrik maktubida.
Vazir, ayniqsa, xorijda Rossiya ommaviy axborot vositalariga misli ko‘rilmagan bosim davrida “Rossiya segodnya” jamoasi “to‘g‘ri jurnalistikaning yuqori professional standartlariga javob berishda davom etayotganini” alohida ta’kidladi.
“Smolenskaya maydonida bizning yaxshi o‘rtoqlik munosabatlarimizni qadrlashadi. Biz Rossiyaning tashqi siyosat kursini samarali axborot bilan ta’minlash uchun ularning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishiga ishonamiz. Sizga va "Rossiya Segodnya"ning barcha xodimlariga sog‘lik, yangi ijodiy muvaffaqiyatlar va eng yaxshi tilaklarimni tilayman”, - dedi Lavrov.
“Rossiya segodnya” xalqaro media-guruhi rus tilidagi axborot resurslarini birlashtiradi: RIA Novosti, PRAYM, InoSMI, Baltnews, Ukraina.ru, Sotsialniy navigator, KOT va Arctic.ru. Xorijda uni Sputnik xalqaro axborot agentligi va radiosi taqdim etadi.
Media-guruhning asosiy mahsulotlaridan biri bu rus, ingliz, xitoy, ispan, arab va fors tillarida axborot lentasi hisoblanadi. “Rossiya segodnya” xalqaro auditoriya, biznes hamjamiyat, davlat idoralari va keng doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan yirik rus axborot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisi.