TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Yaqinda Toshkentdagi 14-avtobus yo‘nalishida ikkita katta sig‘imli "garmoshka" elektrobuslar aholiga xizmat ko‘rsata boshladi.
Elektrobus qishda issiq, yozda esa salqin haroratni ta’minlay oladi. Tejamkorlik, qulay va yengil harakatlanish uning afzalliklari hisoblanadi. Elektrobus 9 ta maxsus kuzatuv kamerasi va xavfsizlik vositalari bilan jihozlangan.
Elektrobus 5 soat davomida quvvat oladi va shu quvvatda 300-400 km masofa yo‘l yuradi. Unda 42 ta o‘rindiq bor, 78 nafar yo‘lovchi esa tik turib ketishi mumkin. Imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun ham maxsus joy bor.
Batafsil - Sputnik videosida.