Toshkent hayvonot bog‘ining yangi jonivorlari — video

Toshkent zooparkiga yaqinda Afrikadan olib kelingan hayvonlar ayni damda karantin va moslashuv jarayonlaridan o‘tmoqda.
Sputnik
Bir hafta oldin Toshkent hayvonot bog‘idan xushxabar keldi: ,u yerda Afrikadan 3 ta zebra, 3 ta jirafa bolasi, oq Bengal yo‘lbarsi va oq sher sher olib kelindi.
Hayvonlar Janubiy Afrikadagi maxsus fermada boqilib, keyin samolyotda O‘zbekistonga yetkazilgan.
Ularni tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatishdan oldin yangi jonivorlar uzoq muddatli karantin va moslashuv jarayonidan o‘tishi kerak.
Zoopark mutaxassisining aytishiga ko‘ra, jonivorlar yangi joyda o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda. Zebralar allaqachon moslashishga ulgurgan, jirafalar haliyam biroz hurkak.
Batafsil Sputnik videosida tomosha qiling.