TOShKENT, 8 dek — Sputnik. 8-dekabr kuni soat 12:00 dan Toshkent xalqaro aeroportidagi yo‘l o‘tkazgichga (estakada) chiqish cheklanadi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunga aeroportda keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlangani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Ta’kidlanishicha, avtotransport vositalari va turistik avtobuslarning kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida alohida yo‘lovchi tushirish yo‘lagi tashkil etiladi.
Shuningdek, terminalda rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan aeroportning uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklanadi.