Pentagon rahbari kongressmenlar qarindoshlarini urushga jo‘natish bilan po‘pisa qildi

Oq uy Ukrainaga yordam shiori ostida har qanday yo‘l bilan Kongressdan bir necha o‘n milliard ajratishga urinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 dek – Sputnik. Pentagon rahbari Lloyd Ostin kongressmenlar, agar ular Kiyevga yangi yordam to‘lovini qo‘llab-quvvatlamasa, ularning yaqinlarini Rossiya bilan urushga yuborish bilan ochiqchasiga tahdid qildi. Bu haqida taniqli amerikalik jurnalist Taker Karlson ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Biz sizning o‘g‘illaringizni, tog‘a va jiyanlaringizni Rossiyaga qarshi urushga jo‘natamiz", — dedi Pentagon rahbari Vakillar palatasida.

Milliarder Ilon Mask Karslonning ushbu so‘zlari bilan qiziqib, jurnalistdan Ostin haqiqatan ham shunday deganmi, deb so‘radi. "Bu tasdiqlangan", deb javob berdi Karlson.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden agar Rossiya Ukrainada g‘alaba qozonsa, keyin Rossiya NATO davlatlariga hujum qilishi aniq ekanini aytgandi. Bunday holat AQShning mojaroga aralashuviga olib kelishiga ishonchi komil ekanini aytgan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh rahbari Rossiyadan o‘z qonunchilarni manipulyatsiya qilish vositasi sifatida foydalanayotganidan afsusda ekanini aytdi.
Avvalroq Senat respublikachilari Oq uyning Ukraina, Isroil va boshqa ehtiyojlar uchun mablag‘ ajratishiga to‘sqinlik qilgan edi. Vakillar palatasi ham tegishli loyihani tasdiqlashga shoshilmayapti. Respublikachilar yondashuvni o‘zgartirishni talab qilmoqda. Oq uyning aytishiga ko‘ra, Ukrainaga yordam berish uchun bir necha hafta qolganini va keyin qo‘llab-quvvatlash kafolati yo‘q.
Entoni Blinken aytishga ko‘ra, shu vaqtga qadar AQSh tomonidan Ukrainaga ajratilgan mablag‘larning 90% Amerikaning o‘zida qoldi. Bu mablag‘lar AQSh harbiy sanoatiga yo‘naltiriladi va ishlab chiqarilgan qurollar Ukrainaga jo‘natilgan. Bu AQSh iqtisodining o‘sishiga va ishchi o‘rinlar paydo bo‘lishiga olib keldi. "Vaziyat barcha uchun yutuqli, shu sababli Ukrainaga yordam berishda davom etish kerak", - dedi Blinken.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, 2023-yilning iyun oyda Ukraina "qashi hujumga" o‘tgan vaqtdan boshlab Ukraina Qurolli kuchlari 125 ming yaskarini, 16 mingdan ortiq zirhli texnikasini yo‘qotdi. Ukrainaga yetkazib berilgan har qanday qurol harbiy mojaroni uzaytiradi va qurbon bo‘layotgan ukrainalik askarlar sonini oshiradi xolos.