Barcha metan "zapravkalari" ishlash vaqti cheklandi — vazirlik

Avtomobilnaya gazonapolnitelnaya kompressornaya stansiya v Uzbekistane.
Metan quyish shaxobchalari ish vaqti cheklovi vaqtinchalik bo‘lib, respublikaning barcha hududlarida amal qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekistonda metan "zapravkalar" ishlash vaqti soat tonggi 6:00 dan soat 15:00 ga qadar cheklandi. Bu haqida Energetika vazirligi va "Hududgazta’minot" AJ ma’lum qildi.

"Havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab oshdi. <...> Qolaversa, 7-16 dekabr kunlari kutilayotgan sovuq ob-havo sharoitida ham gaz bosimining pasayishi kutilyapti. Shundan kelib chiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari ko‘rilmoqda. Rejaga muvofiq, metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlaydi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, mazkur cheklov vaqtinchalik bo‘lib, aholi iste’molchilari hamda ijtimoiy obyektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida respublikaning barcha hududida kiritilgani aytib o‘tilgan.
O‘zbekistonda qish
O‘zbekiston sovuq havoga qanday tayyorlandi