Valeriy Gergiyev O‘zbekistonda “Rossiya fasllari” yopilish marosimida chiqish qiladi

Yopilish marosimida opera va konsertlari jahon repertuarining oltin fondidan joy olgan Potr Chaykovskiy, Rodion Shchedrin, Jorj Bize va boshqa mashhur bastakorlarning asarlari ijro etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Joriy yil 14-dekabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Rossiya fasllari” xalqaro loyihasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya xalq artisti Valeriy Gergiyev boshchiligida Mariinskiy teatri simfonik orkestri chiqish qiladi.
Yopilish marosimida opera va konsertlari jahon repertuarining oltin fondidan joy olgan Potr Chaykovskiy, Rodion Shchedrin, Jorj Bize va boshqa mashhur bastakorlarning asarlari ijro etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Rossiya fasllari” may oyida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Nikita Mixalkov boshchiligidagi Teatr va kino markazining “12” spektakli bilan ochilgan edi. Shundan so‘ng O‘zbekistonning turli shaharlarida 39 ta tadbir o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, Rossiya madaniyatini chet elda taqdim etish bo‘yicha "Rossiya fasllari" xalqaro loyihasi har yili o‘tkaziladi. Uning vazifasi Rossiyani o‘zining boy madaniy merosi va an’analarini ehtiyotkorlik bilan saqlaydigan va rivojlantiruvchi mamlakat sifatida ko‘rsatishdir. "Rossiya fasllari" mavzusi va formati xilma xil: klassik musiqa konsertlari va teatr tomoshalaridan tortib kinofestivallar, badiiy ko‘rgazmalar va ta’lim loyihalarigacha.