TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholini Konstitutsiya kuni bilan tabrikladi.
"Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. <...> Hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. <...> Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!", - deyiladi Shavkat Mirziyoyevning tabrigida.
Prezident tabrik so‘zida Konstitutsiya Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan islohotlarning ortga qaytmasliginining kafolati bo‘lib xizmat qilishini urg‘ulagan.
Undan tashqari, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekistonning besh ustuni — suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Shavkat Mirziyoyev tabrik so‘zining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.