Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil

Rossiyada prezident saylovi kuni belgilandi

Rossiya Federatsiya Kengashi prezidentlik saylovini 2024-yil 17-martga belgiladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiya Kengashi prezidentlik saylovini 2024-yil 17-martga belgiladi, palata qarorni bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovi 2024-yil 17-martga belgilansin. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi”, — deyiladi hujjatda.
Rossiya Konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat rahbari saylovini tayinlash Federatsiya Kengashining mutlaq vakolatiga kiradi.
Palata spikeri Valentina Matviyenkoga ko‘ra, bu qaror saylov kampaniyasining boshlanishini anglatadi. Uning ta’kidlashicha, bo‘lajak saylov Rossiyaning rivojlanish vektorini aniqlaydigan eng muhim siyosiy voqeadir.