TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Samarqandda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko boshchiligidagi hukumatlari delegatsiyalari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi o‘sib bormoqda.
Samarqandda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“2019 yildan buyon O‘zbekistonda Belarus kapitali ishtirokidagi korxonalar soni to‘rt baravar ko‘paydi”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda, shuningdek sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish, hududlararo hamkorlik salohiyatini mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvlar ko‘lamini kengaytirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Belarus ishbilarmon doiralarining ikki yuzdan ortiq vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Belarus biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, "O‘zbekiston — 2030" strategiyasi doirasida mamlakat iqtisodiyotiga 100 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoya jalb etish rejalashtirilgan.
“Joriy yilning o‘n oyi yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollardan oshgan”, — deya qayd etilgan xabarda.
Biznes-forumda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish davom etayotgani, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kinematografiya, sport sohalaridagi aloqalar mustahkamlanayotgani, shunga qaramay hali foydalanilmagan sezilarli hamkorlik salohiyati mavjudligiga e’tibor qaratildi.
Bunda qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni izchil rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lishi bildirildi.
Aytilishicha, mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, kimyo, elektrotexnika va boshqa sohalardagi sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish, IT texnologiyalari sohasida hamkorlikni davom ettiriladi.