TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor “Bolalar sayyohlik bazasi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tashabbusi bilan Namangan viloyatida 150 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi” foydalanishga topshirildi.
O‘zbekistonda ilk bor “Bolalar sayyohlik bazasi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya
Sayyohlik bazasining ochilishiga 14 ta hududdan 98 nafar o‘quvchi sayohatga olib kelindi.
“Sayyohlik bazasini qurishdan asosiy maqsad o‘quvchilarga o‘lka tarixini yaqindan tanishtirish, joylarda bolalar turizmini rivojlantirish orqali zamonaviy to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan iborat”, — deyiladi xabarda.
“Bolalar sayyohlik bazalari” faoliyati Samarqand, Qarshi, Buxoro va Xiva shaharlarida ham ochilishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda ilk bor “Bolalar sayyohlik bazasi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya
Aytilishicha, Namangandagi sayyohlik bazasini qurish uchun respublika budjetidan 7,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.