TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Rossiyaning Mi-28N vertolotlari Donesk yo‘nalishida dushmanning tayanch puktlari va jonli kuchiga hujum qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Armiya aviatsiyasi ekipajlari Mi-28N vertolotlarida Donesk yo‘nalishida dushmanning aniqlangan tayanch punktlari va jonli kuchlariga boshqarilmaydigan raketalarni uchirishdi”, — deyiladi xabarda.
Ularning aniqlik kiritishicha, "Tungi ovchilar" havoga ko‘tarilib, juda past balandlikda aviatsiya qurollaridan foydalanish zonasiga yaqinlashgan. Mashinalarning hujumchilari koordinatalarni tekshirib, belgilangan maqsadlarga qurol yo‘naltirishdi va boshqarilmaydigan raketalarni yuborishdi. Keyin ekipajlar raketaga qarshi manyovrni amalga oshirib, orqaga qaytishdi.
Harbiy havo mudofaasi paytida armiya aviatsiyasi kolonnalarni kuzatib borish, zirhli transport vositalarini yo‘q qilish, qo‘shinlar, harbiy yuklarni yetkazib berish, quruqlikdagi bo‘linmalarni havo bilan ta’minlash vazifalarini bajaradi.