O‘zbekistonda IT Park rezidentlarining umumiy soni nechta?

IT-xizmatlar hajmini 2030-yilgacha 5 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Sputnik
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekistonda IT Park rezidentlarining umumiy soni 1598 tani tashkil etadi: ularning 484 tasi mamlakat hududlarida, 1114 tasi esa Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Bu haqda AOKAda Raqamli texnologiyalar vazirligi IT Park direktori o‘rinbosari Mahliyo Muksinova ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

“Eksport hajmi $238,7 millionni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 3 barobar oshdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich $89,2 millionni tashkil qilgan edi”, — deya qayd etdi Muksinova.

IT xizmatlar hajmini 2030-yilgacha 5 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, IT Park ning startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini muvafaqqiyatli yakunlagan 113 ta istiqbolli startap-loyiha jami 82,8 mlrd. so‘mdan ortiq miqdorda moliyalashtirildi.
Kelgusida eksportor kompaniyalar uchun imtiyozlar muddatini 2040-yilgacha uzaytirish, shuningdek, ichki bozorda faoliyat yuritayotgan 100 mlrd so‘mdan ortiq aylanmasi bo‘lgan kompaniyalar uchun ajratmalarni 2 foizigacha oshirish ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi IT-parkni borib ko‘rdi — foto