Xitoy tashqi ishlar vaziri yangi sovuq urush xavfini baholadi

Van I: Agar Xitoy va Yevropa Ittifoqi tinchlik va barqarorlikni tanlasa, yangi sovuq urush bo‘lmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Agar Xitoy va Yevropa Ittifoqi tinchlik va barqarorlikni tanlasa, yangi sovuq urush bo‘lmaydi. Bu haqida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Van I Pekinda Yevropa Ittifoqi diplomatik missiyasi vakillari va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari diplomatlari bilan uchrashdi.

“Agar Xitoy va Yevropa Ittifoqi muloqot va hamkorlikni tanlasa, unda bloklar to‘qnashuvi bo‘lmaydi, agar Xitoy va Yevropa Ittifoqi tinchlik va barqarorlikni tanlasa, yangi sovuq urush boshlanmaydi, agar Xitoy va Yevropa Ittifoqi ochiqlik va umumiy manfaatni tanlasa, u holda global taraqqiyot va farovonlik uchun umid bo‘ladi", — dedi u.

Vazir, shuningdek, Xitoyning Yevropa Ittifoqiga nisbatan siyosati barqarorligicha qolishi va bir kechada o‘zgarib bo‘lmasligini ta’kidladi.