TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Rossiya armiyasi artilleriya yetishmasligini dronlar yordamida qoplashga urinayotgan Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi "Grad" va "Tornado-S" ko‘p raketa tizimlaridan samarali foydalanmoqda. Bu haqda AQShning sobiq dengiz piyodasi Brayan Berletik ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Ularda "Grad" ko‘p raketa tizimi bor, u ma’lum bir hududda juda ko‘p raketalarni otib, o‘sha hududdagi hamma narsani yo‘q qiladi. Shuningdek, boshqariladigan raketalarga ega "Tornado-S" ko‘p raketa tizimi ham mavjud. <…> U Amerika HIMARSga qaraganda uzoqroq masofadagi nishonni yakson qiladi”, — dedi u.
Berletikning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari dronlari uchun yana bir muammo Rossiyaning kuchli elektron kurash tizimlaridir.
"Rossiyada jiddiy elektron urush tizimlari mavjud bo‘lib, ular Ukraina FPV - dronlarining o‘z maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qiladi", deb qo‘shimcha qildi sobiq dengiz piyodasi.