“KAMAZ” O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirmoqda

Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasida “UzAutoTrailer” rahbariyati bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. “KAMAZ” O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirmoqda. Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasida “UzAutoTrailer” rahbariyati bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“KAMAZ” O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirmoqda
Qayd etilishicha, tomonlar respublikada og‘ir yuk avtomobillari savdosini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilab olishdi.
Xususan, Rossiya kompaniyalari tomonidan respublikada amalga oshirilayotgan sarmoyaviy loyihalarda "KAMAZ" yuk avtomashinalaridan faolroq foydalanish, tashqi iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash vositalaridan foydalanishni kengaytirish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi.
“KAMAZ” O‘zbekistonga avtobus va elektrobuslar yetkazib berishni rejalashtirmoqda