TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekistonda tashlanmalar Milliy reyestri yaratiladi. Bu haqida Ekologiya vazirligi xabar berdi.
BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasi (COP28) doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va "Industrial Innovation Group" bosh direktori Taram Matar Taram o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdi.
O‘zbekistonda tashlanmalar Milliy reyestri yaratiladi
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata respubliki Uzbekistan
Hujjat Milliy uglerodli kredit tizimini yaratish doirasidagi hamkorlikka qaratilgan.
“Memorandum O‘zbekistonning tashlanmalarni kamaytirish bo‘yicha milliy strategiyasiga muvofiq tuzilgan. Bunga qadar vazirlik atmosferaga chiqarilayotgan gazlarni hisobga olish bo‘yicha Milliy reyestrni yaratish tashabbusi bilan chiqqandi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, reyestr iqlim ekotizimining barcha ishtirokchilarini birlashtirgan yagona platforma bo‘lib, belgilangan ekologik maqsadlarga samarali va amaliy erishishga xizmat qiladi.
“O‘zbekistonning birgalikdagi tashlanmalar inventarizatsiyasi mamlakatning ekologik izlarini to‘g‘ri baholash va uglerodni nazorat qilish tashabbuslari asosini ishlab chiqish uchun ishonchli yondashuv hisoblanadi. Reyestr tashlanmalarni muntazam ravishda kuzatib borish va uglerod xavfini kamaytirish loyihalarini aniq baholashi mumkin bo‘lgan keng qamrovli platforma bo‘lib xizmat qiladigan muhim havolani yaratadi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Ma’lumot uchun, Industrial Innovation Group – bosh qarorgohi BAAda joylashgan transmilliy kompaniyalar guruhi. U murakkab, yuqori texnologiyali tizimlarni yaratish, yirik sanoat va innovatsion majmualarni loyihalash va qurish bo‘yicha 30-yillik katta tajribaga ega.
Tashkilot turli biznes tarmoqlari uchun barqaror yo‘llarni ishlab chiqadi, uglerod xavfini kamaytirish tashabbuslarini konseptuallashtiradi, turli uglerod kredit registrlari uchun dizayn hujjatlarini yaratadi, shuningdek, bioko‘mir - "Hemporama Biochar"ning global ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.