TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, poytaxt hududida jinoyatlarni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida IIV, Toshkent shahar IIBB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni so‘raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda”, - deyiladi xabarda.