TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 4-dekabr kuni soat 14:00 da Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Ekspert quyidagi savollarga javob beradi: haqiqiy ma’lumotni soxtasidan va axborot sabotajidan qanday ajratish mumkin, hozirgi vaziyatda G‘arb tomonidan axborot proksi urushlarining qanday hikoyalari ishlab chiqilmoqda, O‘zbekiston axborot maydonini G‘arbning buzg‘unchi va tashviqot hujumlaridan qanday himoya qila oladi?
Gap, shuningdek, bugungi kunda yoshlar nima uchun nafaqat ikki mamlakat, balki butun postsovet hududida hamkorlikni kuchaytirish uchun kuchli manba ekanligi haqida boradi.
Matbuot anjumanida ishtirok etishni xohlovchi OAV vakillari +99890 984 98 49, (Toshkentdagi Sputnik matbuot markazi produseri Ramiz Baxtiyarov) raqamiga murojaat qilishlari mumkin.