Zelenskiy "Ukraina diqqat markazidan chiqib ketishidan" xavotirda ekanligini aytdi

Zelenskiy: Ukraina Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli e’tibordan chetda qoldi.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Kiodo" agentligiga bergan intervyusida Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli Ukraina "e’tibordan chetda qolganidan" xavotir bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Zelenskiy Falastin va Yaqin Sharqdagi keskinlik ortib borayotgani sababli bosqinga qiziqish kamayib borayotganidan xavotir bildirdi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Qayd etilishicha, Falastindagi vaziyat tufayli xalqaro hamjamiyat Ukrainadagi bosqinga e’tiborini yo‘qotdi. Zelenskiy Rossiya o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketgunga qadar sulhga rozi bo‘lmasligini yana bir bor tasdiqladi, deb yozadi nashr.
U G‘arbda tarqalayotgan sulh takliflarini “qo‘lni kesib, boshqa birovga berish kabi” deb atadi, deya xabar beradi agentlik. Shu bilan birga, Zelenskiy o‘zining tinchlik rejasi bo‘yicha to‘rtinchi konferensiyani Shveysariyada o‘tkazishni kutayotganini, shuningdek, 2024-yil fevralida Tokioda bo‘lib o‘tadigan Ukrainani tiklash bo‘yicha xalqaro konferensiyadan ham katta umidlar borligini aytdi.