NATO Rossiyaga qarshilik ko‘rsatishga qodir emas - harbiy ekspert

Harbiy ekspert Melling NATO davlatlari Rossiya Qurolli kuchlariga qarshilik ko‘rsatishga qodir emas deb hisoblaydi.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi, agar shunday tahdid yuzaga kelsa, Rossiya qo‘shinlarini chegaralarda to‘xtatish uchun harbiy salohiyatga ega emas. Bu haqida harbiy ekspert Kristian Melling ZDF nashriga bergan intervusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Mening fikrimcha, harbiy jihatdan NATOning jangovar kuchi yoki mudofaa qobiliyati uning Rossiyani bostirib kirishdan qaytarish yoki, agar bu sodir bo‘lsa, uni ittifoq davlatlari chegaralarida to‘xtatish qobiliyati bilan belgilanishi kerak. Ammo hozirda NATO bunday imkoniyatlarga ega emas. Bu borada barcha davlatlar hamfikrdir”, — dedi u.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, hozir Yevropada Rossiya armiyasiga qarshilik ko‘rsatishga imkon beradigan odamlar, texnika, qo‘mondonlik, shtab yoki boshqa ko‘plab elementlar yo‘q.
"Yevropaning o‘zida hozir mudofaa qobiliyati juda past darajada", — deya xulosa qildi u.
Rossiya prezident Vladimir Putin iyul oyi oxirida Rossiya NATO bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvni xohlamasligini, biroq kimdir buni xohlasa, Moskva bunga tayyorligini aytgandi.