TOShKENT, 29 noya — Sputnik. AQSh Rossiyaning yadroviy ustunligi bilan kelishib olishi kerak, aks holda ular g‘alaba qozona olmaydigan ma’nosiz qurollanish poygasiga kirishadi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlarining sobiq razvedkachisi Skott Ritter "Consortium News" nashriga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"AQSh va Buyuk Britaniyaning strategik yadroviy to‘xtatuvchi vositalarining muvaffaqiyatsizligi rossiyalik hamkasblari tomonidan o‘tkazilgan muvaffaqiyatli sinovlar seriyasidan keskin farq qiladi", — dedi u.
Maqolada Rossiyaning “Borey” suvosti kemasidan “Bulava” raketalarining muvaffaqiyatli uchirilishi, “Yars” strategik raketa tizimining sinovlari, shuningdek, “Burevestnik” qanotli raketasining sinovdan o‘tkazilgani qayd etilgan.
Ritterning Rossiya hozirgi yadroviy modernizatsiya dasturlarini davom ettirishi, strategik hujum qurollarini cheklash to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilingandan keyin uni hech narsa to‘xtata olmasligiga ishonchi komil.
Ekspertning fikricha, bu holat AQSh va Buyuk Britaniyaning yadroviy kuchlarini takomillashtirishni murakkablashtiradi, ular yuzlab milliard dollar sarflashga majbur bo‘ladi, lekin baribir Rossiyaga yetisha olishmaydi.
Ritterning ta’kidlashicha, amerikalik siyosatchilar yangi voqelikni tan olishlari va unga moslashishlari kerak, aks holda Qo‘shma Shtatlar endi g‘alaba qozona olmaydigan ma’nosiz qurollanish poygasini boshlashi mumkin.
"Amerikaning inkor etib bo‘lmaydigan yadroviy ustunligi davri tugadi", —deb xulosa qildi tahlilchi.