TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Amerikaning ayrim shtatlari Ukrainaga harbiy yordamdan katta foyda oldi. Bu haqida "Reuters" nashri xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Bayden ma’muriyati Shtatlar Kiyevga yordam berishga qarshi ovoz bergan respublikachilarning ko‘proq qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘lish uchun Ukraina qurollariga sarflangan milliardlab dollarlardan foyda ko‘rgani haqida xabar tarqatdi” — deyiladi xabarda.
Materialda qayd etilishicha, xususan, Pensilvaniya, Arizona va Texas katta foyda ko‘rgan.
“Pensilvaniya 2,364 milliard dollarlik eng katta daromad oldi. Hujjatlarga ko‘ra, davlat qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yaratishga katta miqdorda sarmoya kiritgan. AQShning Kiyevni qo‘llab-quvvatlagani tufayli Arizona shtati 2,196 milliard dollar foyda oldi. Texas shtati 155 mm kalibrli snaradlar va boshqa qurollarni ishlab chiqarish uchun 1,45 milliard dollarga yaqin mablag‘ oldi”, — deb yozadi maqola muallifi.
Ta’kidlanishicha, shu yo‘l bilan Oq uy Ukrainaga yangi yordam ajratishni muhokama qilish chohida respublikachilarni o‘zi tomon og‘dirib olishga urinmoqda. Biroq Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ovoz berish juda qiyin yo‘lni kutib turibdi, deyiladi maqolada.