TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Ukraina hududni yo‘qotish bilan murosaga kelishi kerak, chunki yo‘qolgan hududlar endi mamlakat tarkibiga qaytmaydi. Bu haqida AQSh tashqi aloqalar kengashi prezidenti Richard Xaas CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ukraina Rossiyaga tegishli bo‘lgan hududning yigirma foizini qaytarib beradi, degan g‘oya xayoliy, buni amalga oshirish mumkinligiga ishonish uchun hech qanday asos yo‘q”, — dedi diplomat.
Xaas Ukrainaga qolgan yerlarni saqlab qolishga e’tibor qaratishni taklif qildi.
U, shuningdek, jang maydonida muvaffaqiyatga erisha olmagani uchun G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi pasayishda davom etishidan xavotir bildirdi.