TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Sablyachi yigitlardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoda eng kuchli deb e’tirof etildi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Misrning Sharm ash-Sheyx shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) navbatdagi Kongressi o‘tkazildi. Tadbir davomida ortda qolgan davr mobaynida qilingan ishlar sarhisobi o‘tkazilib, yangi yil uchun rejalar ko‘rib chiqildi.
Sablyachi yigitlardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoda eng kuchli deb e’tirof etildi.
© NOK
Kongressda Gulnora Saidova boshchiligidagi O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi mas’ullari ham ishtirok etishdi. Yakunda FIE reytingida birinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi sportchi va jamoalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Sablyachi yigitlardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoda eng kuchli deb e’tirof etildi.
© NOK
"Sablyachi yigitlarimizdan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur toifada dunyoning eng yaxshi jamoasi deb e’tirof etildi", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, sablyachilar yil davomida o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichlarida 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.