Toshkentda ichimlik va oqova suvi narxi ko‘tarildi — yangi tariflar

Tariflar qaror e’lon qilinganidan keyin 15 kun o‘tgach kuchga kiradi.
Sputnik
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Toshkentda ichimlik va oqova suvi bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Qaror kecha, 24-noyabr kuni poytaxt xalq deputatlari kengashi tomonidan ma’qullangan.
Jumladan, jismoniy shaxslar, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun suvning bir kub metri narxi 1400 so‘m, oqova suv uchun 1000 so‘m etib belgilandi. Yuridik shaxslar uchun tariflar - ichimlik suvining har kub metri uchun 3000 so‘m, oqova suv xizmatlari uchun esa 2200 so‘m etib belgilandi.
Tariflar qaror e’lon qilinganidan keyin 15 kun o‘tgach, ya’ni 9-dekabrdan kuchga kiradi.
V Tashkente utverdili novie tarifi na xolodnuyu vodu i kanalizatsiyu