TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Kecha, 24-noyabr kuni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tariq Baxit bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida Afg‘onistondagi bugungi vaziyat va IHTga a’zo davlatlarning yaxlit pozitsiyasini ishlab chiqish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar Afg‘onistonda inson huquqlari, ayniqsa, ayollar va qizlar huquqlarini ta’minlash, qish mavsumi oldidan afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligini muhokama qildilar.