O‘zbekistonlik shaxmatchi qiz ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonda birinchi qizlar orasida birinchi jahon chempioni paydo bo‘ldi, shu kunga qadar kumush medallar bor edi.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik Afruza Hamdamova Italiyada bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha bo‘lgan toifasida muddatidan avval jahon chempioni bo‘ldi.

Uzchess kanaliga ko‘ra, so‘nggi tur natijasidan qat’i nazar, Afruza chempionga aylanadi, chunki unga yetib olishi mumkin bo‘lgan yagona ta’qibchisi — qozog‘istonlik shaxmatchini o‘zaro o‘yinda mag‘lub etgan.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, ochkolar teng kelib qolsa, o‘zaro o‘yinga qaraladi. Shu tariqa, Afruza O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioniga aylandi.
Shu kunga qadar o‘zbekistonlik shaxmatchilar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova o‘z yoshi toifalarida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.