Isroil-Falastin mojarosi

Isroil armiyasi G‘azo shimoliga qaytishiga ruxsat bermadi

Isroil G‘azo janubidagi falastinliklarni shimolga qaytishiga yo‘l qo‘ymaydi, dedi mamlakat armiyasi vakili.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Isroil G‘azo sektori aholisining anklav janubidan shimolga qaytishiga ruxsat bermaydi, dedi Isroil armiyasi vakili Avichai Adrai "Sky News Arabia" telekanaliga. RIA Novosti xabariga asosan.
"Isroil aniq xabarlar yubordi. G‘azo sektorining janubiy hududlaridan shimolga qaytishga yo‘l qo‘ymaymiz... Bizning kuchlarimiz kelishilgan chiziqlar bo‘yicha jamlangan. G‘azo sektorining shimoli urush zonasi bo‘lib qolmoqda", - dedi u.
"Al-Jazira" muxbirining xabar berishicha, bugun ertalab, sulh boshlanganidan so‘ng Isroil armiyasi anklav shimoliga qaytishga urinayotgan odamlarga qarata o‘t ochgan, 7 kishi yaralangan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil armiyasi va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasida bugun ertalabdan boshlab to‘rt kunlik sulh kuchga kirdi. Shuningdek, HAMAS tomonidan tomonlar garovga olinganlar va Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan shaxslar bilan almashishga ham kelishib olishgan.
Undan tashqari, kelishuv doirasida har kuni G‘azo sektoriga 200 ta yuk mashinasi insonparvarlik yordami, 4 tasi yoqilg‘i va maishiy gaz o‘rnatilgan yuk mashinasi kiradi.