TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Qatar kompaniyasi O‘zbekistonda qator loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya kiritadi. Bu haqida Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Qatar kompaniyasi O‘zbekistondagi qator loyihalarga investitsiya kiritmoqchi
© Komitet po turizmu
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Qatarning “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Moris Gattas boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda turizm sohasi uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Ikki tomonlama muloqot davomida Qatar tomonidan O‘zbekistonda turizm infratuzilmasi bo‘yicha loyihalarga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.
"Ular orasida tarixiy shaharlarida mehmonxonalar qurish, Toshkent-Samarqand yo‘nalishida tezurar poyezdlar uchun temir yo‘l qurilishi va shu yo‘nalishda pullik avtomobil yo‘lini qurish hamda Toshkent viloyatida xalqaro umummavsumiy tematik bog‘ barpo etish loyihalari bor", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qatar Buxoroda yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilgan.