TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekistonda mahalliy vaqt bilan soat 04:28, 14:08, 14:36 va 16:28 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Birinchi zilzila episentri - Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani. Zilzila koordinatalari: 37,47 gradus shimoliy kenglik, 67,78 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 440 km janubiy-g‘arbda.
Ikkinchi zilzila episentri - Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani. Zilzila koordinatalari: 37,46 gradus shimoliy kenglik, 67,73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 442 km janubiy-g‘arbda.
Uchinchi yer silkinishi episentri - Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani. Zilzila koordinatalari: 37,76 gradus shimoliy kenglik, 67,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 411 km janubiy-g‘arbda.
Viloyat hududida sezilish kuchi:
Qumqo‘rg‘on tumanida 3 ball, 16 km.
Sho‘rchi tumanida 2-3 ball, 26 km.
Bandixon tumanida 2 ball, 31 km.
Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 35 km.
Qiziriq tumanida 2 ball, 42 km.
To‘rtinchi yer silkinishi 16:28da sodir bo‘ldi. Uning episentri - Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani. Zilzila koordinatalari: 37,46 gradus shimoliy kenglik, 67,71 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 442 km janubiy-g‘arbda.